Navoiy viloyati, Xatirçi tumanidagi «Langar» qörğonida joylaşgan ikkita osma dor yöli faoliyati taqiqlandi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 10 avgust kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi tomonidan «Langar» qörğonida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan örnatilgan ikkita osma dor yölining texnik holati, normativ xujjatlar talablariga javob berişi böyiça örganiş işlari olib borilgan.

Örganiş davomida dor yölidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlarga mavjud kamçiliklar böyiça körsatma berilgan holda, tegişli ruxsatnoma olmasdan turib dor yölidan foydalanmaslik böyiça qat’iy taqiq qöyilgan.

Qömita attraksionlar bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida, texnik nosoz va şubhali bölgan attraksionlar haqida xabar berişni söramoqda.