Andijon viloyatida joylaşgan Z.M.Bobur nomidagi istirohat boğida (“Boğişamol“) zanjir uzilib ketişi natijasida, içida odamlar bölgan attraksion qulab tuşdi.
Ijtimoiy tarmoqlar hodisadan keyin attraksionni qismlari yerda soçilib yotgani aks etgan videolar tarqaldi. Guvohlarning Kun.uzʼga xabar qilişiça, baxtsiz hodisa natijasida kamida 7 kişi jarohatlangan.
Şuningdek, tarmoqlarda «attraksionlarga çiqişda huşyorlikka çaqirib, ularning köplari tekşiruvdan ötkazilmagani» aytiladi.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi 26 aprel kuni uşbu boğ hududida attraksionlardan birining temir konstruksiyasi singanini tasdiqladi. Rasmiylarga köra, hodisa oqibatida «2 fuqaro yengil tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam körsatilgan».
Andijon viloyati FVB baxtsiz hodisa sabablari haqida ma’lumot bermagan.








