Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Yangihayot tumanida 50 mingta «aqlli» suv hisoblagich o‘rnatiladi
Loyiha Fransiyaning Suez kompaniyasi bilan Toshkent shahri suv ta’minoti tizimini yangilash bo‘yicha 7 yillik dastur doirasida amalga oshiriladi.
2025 yil oxirigacha Toshkent shahrining Yangihayot tumanida aholi xonadonlariga taxminan 50 mingta «aqlli» sovuq suv hisoblagichi o‘rnatiladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasi matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonov ma’lum qildi.
Loyiha Fransiyaning Suez kompaniyasi bilan Toshkent shahri suv ta’minoti tizimini yangilash bo‘yicha 7 yillik dastur doirasida amalga oshiriladi.
Qayd qilinishicha, qurilmalar Shayxontohur tumanida 2 yil davomida sinovdan o‘tkazilgan.
«Qariyb 10 kun bo‘ldi, Yangihayot tumanida hisoblagichlar o‘rnatila boshlandi. Yil oxirigacha 50 mingta hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilgan», dedi u.
Yangi hisoblagich radiomodul bilan jihozlangan. Shu tufayli, ular avtomatik ravishda suv iste’moli, bosim, nosozliklar va tashqi aralashuv holatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Ko‘rsatkichlar billing tizimiga avtomatik tarzda kelib tushadi, iste’molchilar esa suv iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarini shaxsiy kabinet orqali tekshirishi va xizmatlar uchun mobil ilovalar yordamida to‘lashi mumkin bo‘ladi.
5 yil ichida poytaxtdagi 670 mingta uyga yangi hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Kompaniya ma’lum qilishicha, fuqarolar xonadoniga hisoblagich o‘rnatish navbati kelganda bu haqda mahalla fuqarolar yig‘ini orqali xabardor etiladi. Hech qanday telefon qo‘ng‘irog‘i yoki SMS-xabar yuborilmaydi. Shuningdek, hisoblagich o‘rnatish uchun onlayn ariza olinmaydi yoki uni tasdiqlash uchun kod so‘ralmaydi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026