O‘zbekiston | 13:06 / 13.08.2025
4612
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi

Anomal issiq tufayli qo‘yilgan cheklov choralari 9 sentabrdan olib tashlanadi.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

9 sentabrdan mahalliy yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi, deb xabar berdi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi». Avvalroq, anomal issiq tufayli relslarda harorat ko‘tarilishi sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklangan edi.

Xususan, quyidagi poyezdlar harakati vaqti qisqartiriladi:

710-son «Toshkent Markaziy — Buxoro» yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 8:40 — Samarqand 11:45—11:55 — Buxoro 14:10 (harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan).

709-son «Buxoro — Toshkent Markaziy» yo‘nalishi: Buxoro 16:55 — Samarqand 19:10—19:20 — Toshkent Markaziy 22:47 (harakatlanish vaqti 70 daqiqaga qisqargan).

716-son «Toshkent Markaziy — Qarshi» yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 8:55 — Samarqand 12:16—12:26 — Qarshi 13:55 (harakatlanish vaqti 3 daqiqaga qisqargan).

715-son «Qarshi — Toshkent Markaziy» yo‘nalishi: Qarshi 18:25 — Samarqand 19:54—20:07 — Toshkent Markaziy 23:35 (harakatlanish vaqti 44 daqiqaga qisqargan).

712-son «Toshkent Markaziy — Buxoro» yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 20:20 — Samarqand 23:39—23:58 — Buxoro 2:30 (harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan).

711-son «Buxoro — Toshkent Markaziy» yo‘nalishi: Buxoro 5:15 — Samarqand — 7:39—8:05 — Toshkent Markaziy 11:54 (harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan).

126/125-son «Xiva — Andijon» yo‘nalishi: Xiva 15:15 — Toshkent janubiy 5:10—5:40 — Andijon 11:58 (harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan).

57-son «Shovot — Toshkent janubiy» yo‘nalishi: Shovot 16:21 — Toshkent janubiy 7:02.

731-son «Andijon — Toshkent markaziy» yo‘nalishi: Andijon 6:11 — Toshkent markaziy 12:38.

771-son «Buxoro — Toshkent markaziy» yo‘nalishi: Buxoro 3:15 — Toshkent markaziy 7:29.

6418-son «Toshkent janubiy — Sirdaryo» yo‘nalishi: Toshkent janubiy 19:57 — Sirdaryo 22:01.

6454-son «Toshkent janubiy — Xavast» yo‘nalishi: Toshkent janubiy 18:55 — Xavast 22:35.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid