Jahon | 20:19 / 14.08.2025
3749
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: Trampga sanksiyalardan ko‘ra diplomatiya muhimroq

Vashington Moskvaga qanday bosim o‘tkazishi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, Oq uy matbuot kotibi "prezident zarur hollarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan vositalar ko‘p"ligini aytdi.

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni istamaydi, unga diplomatiya muhim, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Fox News telekanali efirida.

Vashington Moskvaga qanday bosim o‘tkazishi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, Livitt "prezident zarur hollarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan vositalar ko‘p"ligini aytdi.

Shu bilan birga, u Tramp kelgusida qo‘yadigan yoki qo‘ymaydigan qadamlari haqida oldindan aytmasligini ta’kidladi.

"U doim bu nizoni tugatish uchun birinchi navbatda diplomatiya va muzokaralardan foydalanishini aytib keladi, u ertaga aynan mana shuni rejalashtirgan. Agar kerak bo‘lsa, prezident qo‘llashi mumkin bo‘lgan sanksiya va choralar ham bor. Lekin bu uning shunday qilishni xohlayotganini bildirmaydi", - dedi Livitt.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid