Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Qashqadaryo va Farg‘onada pora olgan amaldorlarni ushladi
Ishga kirish bilan bog‘liq korrupsiya holatlari fosh etildi.
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 2 nafar fuqaroni haydovchi sifatida ishga qabul qilinganidan foydalanib, go‘yoki ularning ishga kirishida ko‘maklashganini ro‘kach qilib, 6 ming AQSh dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB ma’muriy binosida 3,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:24 / 04.06.2026