Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya olov ichida qoldi
Rekord darajadagi harorat sababli yuzaga kelgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Foto: AP
Gretsiya, Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari shaharlarga yaqinlashgani bois ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi.
Gretsiya o‘t o‘chirish xizmati vakili Vasilis Vatrakoyanisning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurashish vaqtida kamida 15 nafar o‘t o‘chiruvchiga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi. Afina qo‘shni Albaniyaga ham o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordamlashish uchun o‘z kuchlarini jo‘natdi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Kastiliya va Leon regionida o‘t o‘chiruvchining halok bo‘lishi munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Mamlakatda 8000 kishi evakuatsiya qilindi. Xabar qilinishicha, Leondagi yong‘inlar 38 000 gektar maydonni qamrab olgan.
Portugaliyada bir necha haftadan beri davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirish uchun minglab o‘t o‘chirish brigadalari jalb etildi. Arganil shahridagi yong‘inlarni o‘chirishda 900dan ortiq o‘t o‘chiruvchi qatnashmoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
12:51 / 22.11.2025