O‘zbekiston | 18:00 / 17.08.2025
7245
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Rossiya prezidenti davlat rahbariga 15 avgust kuni Ankorij shahrida o‘tgan Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston rahbari erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi sur’atini saqlab qolish hamda O‘zbekiston va Rossiya korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

  • 15 avgust kuni Alyaskada Tramp va Putinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu ularning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyingi birinchi shaxsiy uchrashuvi edi. Ikkalasi ham uchrashuvni foydali va samarali deb atadi, ammo aniq natijalar haqida e’lon qilmadi. «Biz kelisha olmagan bir nechta muhim punktlar bor. Hozircha kelishuv yo‘q», dedi AQSh prezidenti.

Mavzuga oid