Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in yuz berdi
19 avgust kuni soat 11:00 lar atrofida Toshkentning Eski shahar qismida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in yuzaga keldi.
Tarmoqlarda yong‘in binoning ichidan chiqib, markazning tom qismi va gumbazlari atrofini qamrab olgani ko‘rinadi.
Videolarda gumbaz atrofida o‘nlab kishilar olovni o‘chirishga harakat qilayotgani ko‘rinadi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi dastlab markazda qurilish materiallari yonayotgani va hodisa joyida olovni o‘chirish ishlari boshlanganini xabar qildi. Keyinroq vazirlik Telegram kanalidagi post yo‘qolib qoldi.
Bugun tunda Buxoro shahridagi Minorai Kalon oldida joylashgan oshxonada yong‘in chiqqan edi.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
19:45 / 03.12.2025