O‘zbekiston | 07:32 / 19.08.2025
6279
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning «Comedy Club» teleshousi O‘zbekistonda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi

Madaniyat vazirligi ushbu konsert dasturi «odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini» ma’lum qilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: TNT

Rossiyaning TNT kanaliga tegishli «Comedy Club» yumoristik teleko‘rsatuvi O‘zbekistonda taqiqlandi. Bu haqda konsert dasturi tashkilotchilari jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi 24.kg.

Ta’kidlanishicha, taqiq «odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik» sababli qo‘yilgan. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, qiziqchi Aleksey Shcherbakovning chiqishidan ba’zi hazillarni kesib tashlash ham so‘ralgan.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashkilotchilarga tegishli taqiqlar va tavsiyalar yuborgan.

«Comedy Club» hajviy jamoasining konsert dasturi vazirlik mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, unda milliy ma’naviyatimizga zid ravishda oila, er-xotin, erkak va ayol munosabatlari ommaviy madaniyat unsurlari asosida namoyish etilishi aniqlandi. Yuqoridagilarni inobatga olib, Madaniyat vazirligi ushbu konsert dasturi «odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi», deyiladi nashr keltirgan hujjatning skrinshotida.

Ma’lum bo‘lishicha, taqiq 2023 yilda qo‘yilgan - Toshkentda «Muzykalnyy Comedy Club» shousi rejalashtirilgan. U texnik sabablarga ko‘ra ko‘chirilgan, ammo yangi sana haligacha belgilanmagan.

Mavzuga oid