Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask respublikachilarga zarar yetkazmaslik uchun yangi partiya tuzishni to‘xtatdi
U vitse-prezident Jyeyms Vens bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga intilayotgani ta’kidlanmoqda.
Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzish jarayonini to‘xtatdi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, milliarderning qaror qabul qilishidagi asosiy omillardan biri uning vitse-prezident Jyeyms Vens bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga intilishidir. U MAGA siyosiy harakatining ehtimoliy vorisi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, Ilon Mask 2028 yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, Vensni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ilon Mask shu yil iyun oyida Qo‘shma Shtatlarda yangi siyosiy kuch — «Amerika partiyasi»ni tashkil qilish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda milliarder AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishmovchiliklar ortidan ma’lum qildi.
Maskning ta’kidlashicha, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizini markazchi qarashlarini» ifodalashi mumkin.
Bundan oldinroq, Mask Tramp va’da qilgan soliq imtiyozlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunini tanqid qilgandi. Bunga javoban Tramp uni aqldan ozganlikda aybladi. Shundan so‘ng, ikkalasi o‘rtasida o‘zaro ayblovlar bilan ommaviy mojaro kelib chiqdi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026