Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB tomonidan undiriladigan aliment miqdori bo‘yicha rekord yangilandi
Toshkentlik erkak 4 nafar farzandi uchun alimentni uy ko‘rinishida berib, qiymat bo‘yicha rekordni yangiladi.
Majburiy ijro byurosining (MIB) Toshkent shahri, Uchtepa tumani bo‘limida erkak farzandlari uchun 2,4 mlrd so‘m miqdoridagi alimentni oldindan to‘ladi. Bu aliment miqdori bo‘yicha rekord hisoblanadi, deb xabar berdi MIB.
Qayd qilinishicha, sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.J. dan undiruvchi Sh.D. foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun daromadlarining yarmi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati MIB Uchtepa tumani bo‘limiga kelib tushgan.
Shuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlarga ko‘ra, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulk aniqlanmagan.
O‘tkazilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Sh.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun to ular voyaga yetguniga qadar to‘lanadigan aliment miqdorini hisoblab berishni so‘ragan. Hisob-kitoblardan so‘ng, 16 yillik aliment miqdori 2 mlrd 442 mln so‘m ekani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, qarzdor Sh.J. aliment pullarini undiruvchi Sh.D. ga uy ko‘rinishida bergan. Shundan so‘ng, undiruvchining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlangan.
Avvalroq, nukuslik erkak 2 mlrd 270 mln so‘m alimentni oldindan to‘lab, rekord o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
17:12 / 05.06.2026