Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Ikki mamlakat prezident Administratsiyalari yaqin hamkorlikda ish olib borishiga kelishib olindi.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari – Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qasimaliyev bilan uchrashdi.
“Mamlakatlarimizni birlashtirib turadigan eng asosiy jihat — bu mintaqada hamkorlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy intilishdir.
Markaziy Osiyo — qo‘shnilar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan umumiy uyimizdir va bunga yetakchilarimizning oqilona siyosatlari tufayli erishildi.
Ochiq chegaralar, qo‘shma iqtisodiy loyihalar, suvdan foydalanish masalalarini hal etish — bizda umumiy mavzular juda ko‘p.
Prezidentlarimiz tomonidan erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda Prezident Administratsiyalari yaqin hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldik”, deb yozdi Mirziyoyeva Telegram'dagi kanalida.


Mavzuga oid
08:17
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
21:46 / 25.06.2026