Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston aloqalarining bugungi yuqori darajasi e’tirof etildi. Ikki mamlakatda o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Mirziyoyeva Telegram'dagi kanaliga joylagan postida qo‘shni mamlakat rahbariga samimiy qabul va ochiq, ishonchli ruhda o‘tgan mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.
“Uchrashuvda xalqlarimizni o‘zaro ishonch va hurmat asosida taraqqiyot va farovonlikka intilish birlashtirayotgani alohida ta’kidlandi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan eng yaqin qo‘shni va strategik hamkor sifatida munosabatlarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.\
Chegara masalalari bo‘yicha muvaffaqiyatli kelishuvlar, milliy ID hujjatlarini o‘zaro tan olish, qo‘shma korxonalar hamda Qambarota GES-1 va Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li kabi yirik umumiy loyihalar buning yaqqol tasdig‘idir.


Uchrashuvda mamlakatlarimizda o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqalari ham e’tirof etildi. Bu loyiha yoshlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan juda samarali tashabbus sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonni asrlar davomida shakllangan qardoshlik va qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. Biz ularni qadrlaymiz va kelgusida yanada mustahkamlaymiz”, – deya yozdi PA rahbari.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:38 / 10.07.2026