Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
Ma’lumot berilishicha, Tramp ma’muriyati allaqachon 350 ming venesuelalik, 500 ming haitilik, 160 ming ukrainalik hamda afg‘onistonlik va kamerunlik migrantlarning vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilgan.
Foto: AP
AQSh federal apellyatsion sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatini qo‘llab-quvvatladi va quyi instansiyaning Markaziy Amerika va nepallik 60 ming migrantning vaqtinchalik himoya maqomini (TPS) saqlab qolish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi, deb xabar berdi Guardian nashri.
Endi hukumat vaqtinchalik himoya maqomi 5 avgust kuni tugagan 7 ming nafarga yaqin Nepal fuqarosini deportatsiya qilishga kirishishi mumkin. Honduraslik 51 ming va nikaragualik 3 ming nafar migrant ham 8 sentabrdan keyin himoya maqomidan mahrum bo‘lishi va deportatsiya qilinadiganlar ro‘yxatidan joy olishi ehtimoli mavjud.
Gazetaning yozishicha, avvalroq San-Fransisko sudi sudyasi Trina L. Tompson migrantlarning himoya maqomini saqlab qolish to‘g‘risida hukm chiqargandi.
Nashrning ma’lumot berishicha, Tramp ma’muriyati allaqachon 350 ming venesuelalik, 500 ming haitilik, 160 ming ukrainalik hamda afg‘onistonlik va kamerunlik migrantlarning vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilgan.
Donald Tramp prezidentlikka kirishgan ilk kunidayoq AQShga migrantlarning kirib kelishini to‘xtatishga va’da bergandi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38