Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker Valeriy Yugayga sud hukmi o‘qildi
Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktokerga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi.
Foto: IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Valeriy Yugay 3 yil 1 oyga qamaldi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan Valeriy Yugay Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tab berishi belgilangan. Hukm qonuniy kuchga kirmagan. Yugay birinchi instansiya sudining hukmi ustidan belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Valeriy Yugay 2024 yil oktyabr–noyabr oylarida Janubiy Koreyada bo‘lgan vaqtida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali millatlararo nizo keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovchi hamda diniy e’tiqodga ko‘ra fuqarolarni kamsituvchi so‘zlar bilan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qator haqoratli chiqishlar qilgan.
Tiktoker joriy yil 25 mart kuni Abu Dabi-Samarqand reysi orqali O‘zbekistonga keltirilib, huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan edi.
Mavzuga oid
16:19 / 31.10.2025
O‘zbekistonda taqiqda bo‘lgan TikTok qanday qilib soliq to‘layapti?
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
07:13 / 19.09.2025
Donald Tramp: TikTok AQShda ishlashda davom etadi
19:55 / 15.09.2025