Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yana bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev “Bir guruh tadbirkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, o‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abduraximov Avaz Ergashboyevich - Yakkasaroy tumanidagi «64 BIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri
Ag‘zamov Hamidulla Atovullayevich - Zangiota tumanidagi «Toys Uz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Zoitbekov Yusufbek Qudratbek o‘g‘li - Zangiota tumanidagi «Lider Kabel Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Ibragimov Rashid Xasanovich - Toshkent tumanidagi «Online building project» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Karimbayev Xo‘rsandjon Dadajonovich - Zangiota tumanidagi «Farm Diyor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Musina Alfiya Raximovna - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi
Raximbayev Aydin - Qozog‘iston Respublikasining «BI Group» xoldingi direktorlar kengashi raisi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025