O‘zbekiston | 19:00 / 22.08.2025
10502
1 daqiqa o‘qiladi

Seoul Mun majmuasida 17 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi

Bosh kiyimini olish uchun Bo‘rijar kanaliga tushgan yigit qaytib chiqolmagan. Oradan qariyb bir sutka o‘tganiga qaramay, uning jasadi hamon topilmagan.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalining Seoul Mun majmuasidan oqib o‘tuvchi qismida 21 avgust kuni kechqurun 17 yoshli yigit cho‘kib ketdi. U bosh kiyimini olmoqchi bo‘lib suvga tushgani, lekin qaytib chiqolmagani aytilmoqda.

Kun.uz muxbirining o‘rganishlariga ko‘ra, yigit Seoul Mun savdo markazida joylashgan kiosklardan birida ofitsiant bo‘lib ishlagan. Uni qutqarmoqchi bo‘lib kiosk ish boshqaruvchisi ham suvga tushgan, lekin harakatlari samara bermay, o‘zini zo‘rg‘a saqlab qolgan.

Voqea soat 22:00 lar atrofida ro‘y bergan. Oradan yarim soat o‘tib boshlangan qidiruv ishlari 20 soatdirki natija bermayapti: yigitning jasadi hamon topilmagan.

Mavzuga oid