O‘zbekiston | 12:39 / 22.08.2025
5456
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston yetakchisi «Ozarboyjon – Turkmaniston - O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi «Ozarboyjon – Turkmaniston - O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Mavzuga oid