Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shifoxonalarga imtiyozli order sotayotganlar ushlandi
Ular har qanday shifoxonada davolanish uchun 1,5-2 million so‘m evaziga imtiyozli order tayyorlab berish bilan shug‘ullangan.
Foto: SSV
Toshkentda shifoxonada davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalarni (order) sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro G.M. Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan tanishlari yordamida har qanday shifoxonada davolanish uchun 1,5-2 million so‘m evaziga imtiyozli order tayyorlab berishini ijtimoiy tarmoqda muntazam e’lon qilgan. Holat yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilib, ushbu fuqaro, uning sheriklari va bir necha tibbiyot xodimlari qo‘lga olindi.
O‘rganish jarayonida G.M. sherigi yonida ham shunday order borligi aniqlangan. Shuningdek, Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanish uchun beriladigan orderlar ham topilgan. Hujjatlarga Shayxontohur tumanidagi oilaviy poliklinikalarning birida ishlayotgan shifokorlarning imzosi va muassasa muhri qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish hamda dastlabki tergov harakatlari olib borish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 18.02.2026
Sobiq davlat xizmatchilarining o‘zi nazorat qilgan xususiy sektorga borishi nazoratga olinadi
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026