Jahon | 22:21 / 22.08.2025
3120
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada G‘arbiy Nil va chikungunya viruslari keng tarqalmoqda

Yevropada chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishi rekord darajaga yetishi mumkin, deb xavotir bildirmoqda Yevropa sog‘liqni saqlash organlari.

Foto: Canva

Yevropa kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, qit’ada chivinlar faolligi mavsumi borgan sari davomli va jadal tus olmoqda. Qayd etilishicha, bu harorat ko‘tarilishi, qish faslining iliq kelishi va yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda Yevropa hududida chikungunya virusi yuqishi bilan bog‘liq 27ta holat qayd etilgan — bu qit’a uchun rekord ko‘rsatkich. Bundan tashqari, G‘arbiy Nil virusini yuqtirish bilan bog‘liq 335ta holat aniqlangan.

ECDC yaqin haftalarda virus yuqtirish holatlari yana o‘sishini taxmin qilmoqda.

Chikungunya virusi tashuvchisi bo‘lgan Aedes albopictus chivinlari Yevropaning 16ta mamlakatida aniqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid