Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida yangi aerodrom qurildi
Aydarko‘l qirg‘og‘idagi aerodromning yo‘lagini CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan o‘tkazdi.
Foto: Videodan kadr
L-410 va ATR-72 mintaqaviy samolyotlarining paydo bo‘lishi bilan O‘zbekistonda yangi aeroportlar faol rivojlana boshladi. So‘nggi yillarda Zomin, Qo‘qon, Sariosiyo birinchi samolyotlarni qabul qilib oldi, endi ularga yana bir aerodrom - Arnasoy qo‘shildi, deb xabar berdi AvroRJ’s SKY.
Aerodrom Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 1700 m × 30 m, kurs 12/30, L-410 va ATR-72 samolyotlari uchun mo‘ljallangan ikkita to‘xtab turish joyi, terminalga ega.
Birinchi bo‘lib yangi yo‘lakni CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan o‘tkazdi - aynan u Arnasoyga qo‘nishlar hisobini ochdi.
Aerodrom kelajakdagi kurort majmuasi uchun transport tuguniga aylanishi, mintaqani sayyohlar uchun ochishi kutilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi qirg‘oq bo‘yida zamonaviy turizm markazi barpo etilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:39 / 18.03.2026
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0
18:06 / 17.03.2026
Jizzax va Andijonda YPX xodimlari qo‘lga olindi
17:47 / 17.03.2026
Jizzaxdagi xususiy bog‘chada basseynga cho‘kib o‘lgan bola ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
20:37 / 16.03.2026