Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ikki haftadan keyin “kim aybdor”ligiga qarab qaror chiqarishini aytdi
Shu bilan birga, Amerika rahbari muzokaralardan chiqishi mumkinligini ham aytib o‘tdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva va Kiyevning keyingi harakatlariga qarab ikki hafta ichida "juda muhim qaror" chiqarishini aytdi.
"Ikki haftadan keyin voqealar qanday borishini ko‘rasizlar. Bu vaqtga kelib Rossiya va Ukrainaning yondashuvlarini tushunib olaman. Oxir-oqibat, ikkita yo‘l bor va ikki haftalik muhlat tugagagach, qaror chiqaraman", — dedi u.
Shu bilan birga, Amerika rahbari muzokaralardan chiqishi mumkinligini ham aytib o‘tdi.
"Men nima qilish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilaman va bu juda muhim qaror bo‘ladi: bu keng miqyosdagi sanksiyalar bo‘ladimi, bojlar yoki boshqa narsa bo‘ladimi yoxud biz hech narsa qilmaymiz va “Bu sizlarning kurashingiz” deymiz", — dedi Tramp.
Mavzuga oid
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026