Jamiyat | 09:13 / 24.08.2025
18327
3 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh marhum olim va ijodkorlar taqdirlandi

Mukofotlanganlar orasida Oxunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov, Murod Rajabov, Rauf Parfi, Muhammad Yusuf, Bahodir Yo‘ldoshev, Rimma Ahmedova, Begali Qosimov, Quddus Muhammadiy, To‘ra Sulaymon, Anvar Obidjon kabi nomlarni ko‘rish mumkin.

Fotokollaj

Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotladi.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni

  • Uktam Aripov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, jarroh olim;
  • Vali G‘afurov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
  • To‘xtasin Jalolov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
  • Vasil Kabulov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
  • Begali Qosimov — O‘zbekiston fan arbobi, jadidshunos olim;
  • Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Murod Rajapov — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor;
  • Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy) — Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim;
  • To‘ra Sulaymonov (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Mamirjon Tuxtasinov — O‘zbekiston xalq artisti, xonanda;
  • Muhriddin Xoliqov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Ibragim Xamraboyev — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, geolog olim;
  • Muhammadjon Yusupov (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston xalq shoiri.

«Mehnat shuhrati» ordeni 

  • Viloyat Akilova — O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster;
  • Rimma Axmedova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi;
  • Ismoil Vaxobov — O‘zbekiston xalq hofizi;
  • Oxunjon Madaliyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Anarkul Nazarov (Anor Nazarov) — O‘zbekiston san’at arbobi, kompozitor;
  • Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston xalq shoiri.

«Do‘stlik» ordeni

  • Bahodir Yo‘ldoshev — «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzolagandi.

Mavzuga oid