Murod Rajabov «Temir xotin» asarini teatrga olib borgan, biroq olişmagan, şundan keyin film sifatida ekran yuzini körişini istagan. Aktyor bunga sabab sifatida asarning samimiyat, dard bilan yozilganini ta’kidlagan.
«Şarof Boşbekov juda zör yozgan bu asarni. Italyanlarning şunga öxşaş filmi bor edi. Undan söraganimda şu kinoni körganini aytgan. Öşa kinoda ham bir boyning şunday temir xotini böladi. Yozuvçi şu kinodan ilhomlangan. Asar juda zör yozilgan. Unda kuçli dramaturgiya, samimiyat, dard bor. Umuman, har tomonlama yetuk bölgan bu asar.
Teatrga olib kelganman, lekin olişmagan. Keyin Farhod Musajonov yoniga borganman, öşanda «Özbekfilm»ning boş muharriri edi. Şu asarni kino qilaylik, yaxşi asar-ku, nega e’tibor bermaysizlar deganman. Farhod aka öqib çiqqaç, kino olişga ruxsat bergan», — degandi marhum aktyor.
“Özbekning asl tabiatini asrab qolişimiz lozim” – Murod Rajabov
San’atkor asarni yaxşi körib qolgani sabab, kino qilinsa unda rol ijro etişni xohlaganini ham aytadi: «Nima desam ekan, asar menga umumiy yoqqan juda. Kino qilinsa, öynardim degan xohiş paydo bölgan. Filmni suratga oliş uçun rejissyor qidirganman. U rejissyorga borganman yöq degan, bu rejissyorga borganman yöq degan. Keyin kutilmagan tasodif bilan kinorejissyor Isamat Ergaşevning qöliga tuşgan bu film».
Aktyor filmda ssenariydan taşqari epizodlar ham öylab topilganini ta’kidlagandi: «Tuşida hind qahramoni bölib qolişini körganini özimiz öylab topganmiz. Bunday topilmalar köp».
Eslatib ötamiz, Özbekiston xalq artisti, taniqli aktyor, özbek kino xazinasidan joy olgan qator filmlardagi rollari bilan tomoşabinlar mehrini qozongan Murod Rajabov 8 aprel kuni uzoq davom etgan kasallikdan söng 74 yoşida vafot etdi.
Kun.uz aktyorning vafotidan 3 oy muqaddam undan intervyu olgandi. Murod Rajabov suhbatda teatr va kinoda ijro etgan rollari, ijoddan ketişi sabablari, «qora röyxat»ga tuşişi haqida
















