“Odamlar juda mehr-oqibatli edi”
Bolaligimda 5-6 ta uyning farzandi edim. Bir kuni u uyda, bir kun bu uyda yotib qolaverardim. Bizning uy ham juda gavjum uy edi. Buvimning, onamning eng yaxşi körgani odamlar edi, har kuni mehmon bölardi uyimizda. Öşa davr odamlari judayam mehr-oqibatli bölgan ekan, eslasam.
Televizorlar birinçi çiqqan paytlarda bizning uyda bölardi. Örtoqlarim bilan, qöşni bolalar bilan körib ötirardik, uy kinoteatr bölib ketardi. Keçqurun bolalar uxlab qolsa, buvim ustiga biror narsa yopib qöyib, bolalar tarqagaç, onam, otam yoki buvimning özi uyğotmay, sekin kötarib uyiga taşlab kelardi... Har bir davrning öz odamlari, nafasi bölar ekan.
“Umr oqar suv ötib ketarkan...”
Yolğiz öğil bölganim uçunmi, buvim anhorga çömilişga borişimga ruxsat bermasdi. Şuning uçun suzişni örganolmaganman. «Ajoyib xayolparast» filmida suv böyida aytadigan monologdan keyin suvga taşlaş kerak edi. Rejissyorga suzişni bilmayman, deb aytganman. Keyin Ötkir aka degan direktorimizni kamerani orqa tarafdan olib, suvga kalla taşlaş sahnasini olganmiz. Men esa xuddi suv tagidan çiqqandek boşimni çiqarib turganman. Keyin 30 yoşlarimda örganganman suzişni. Umr qiziq ekan. Mana şu oqar suv ötib ketarkan, şu suvlar hammasini olib ketdi...
Yuzdan ortiq filmlarim premerasi Panorama kinoteatrida bölgan. Bu joy men uçun juda qadrdon. 1975 yildan beri filmlarim ekranda. Premera — kinoijodkorlar uçun baxt, hayotdagi eng quvonçli kunlardan biri. Har bir rejissyor, aktyor butun umr mana şu kun uçun işlaydi. Kasbim ortidan dunyo kezdim.
“Teatr — men uçun muqaddas joy”
Çustdagi «Temir xotin» filmi olingan qişloqqa bordim yaqinda. Qöçqorning hovlisi sifatida olingan hovliga kirar ekanman, xuddi öz uyimga borganday böldim. Öşa paytlar bir onaxon bölardi, olamdan ötib ketibdi. Juda köp narsalar özgarib ketgan ekan, lekin baribir qadrdon. Har bir film, ijro etilgan rol öz davrini aks ettiradi.
San’at institutini bitirmasdan, uçinçi kursda öqiyotganimda Abror Hidoyatov nomidagi teatrga işga kelganman. 1976 yilda Baxtiyor Ixtiyorov teatrga badiiy rahbar bölib kelgandi. Bir yil ötib Hoşim Arslonov, Matyoquv Matjonovlar kelgan edi jamoaga. 10 yil birga işlab qadrdon bölib qolgan u yerdagilar. Lekin teatrda qolib ketgan armonlarim bor. Teatr — men uçun muqaddas joy.











