Özbekiston xalq artisti, taniqli aktyor, özbek kino xazinasidan joy olgan bir qator filmlardagi rollari bilan tomoşabinlar mehrini qozongan Murod Rajabov 8 aprel kuni uzoq davom etgan kasallikdan söng 74 yoşida vafot etdi. “Sevimli” telekanalida marhum san’atkor xotirasiga bağişlangan maxsus körsatuv efirga uzatildi. Kun.uz körsatuvda Özbekiston xalq artisti Murod Rajabovning döstlari, hamkasblari, şogirdlari tilidan yangragan iqtiboslarni jamladi.

Isamat Ergaşev, kinorejissyor, aktyor, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi:

Foto: MTRK

– Yoş gvardiyaçilar teatri 1968 yilda oçilganda, Malik Qayumov hammamizni kinoga olgan. Şunda bir yigit kelib, men bilan söraşdi. Şu teatrda işlamoqçiman, dedi. Şunaqa tarzda tanişganmiz birinçi. U paytda institutda öqir edi. Teatrda çiroq beruvçi edim, Murod menga yordamçi bölib kelgan. Keyinçalik spektakllarda birga öynadik, men kinoga ötib ketgaç, u teatrda qoldi. Söng kinolardayam birga öynadik.

Bir kuni «Isamat aka, bir asar bor, men boş rolda öynasam, sizga beraman» deb qoldi. Oldin öqiylik dedim, söng «Temir xotin» pesasini olib kelib berdi. Men ham boş rolda Murodni kördim. Rahbarlar boşqa odamni aytişdi, men heç kimni sinamayman boşqa, Murod Rajabov öynaydi, deganman.

Murod bilan işlaş juda maroqli edi. Albatta, nimadirlar öylab topardi va asarga qöşilardi şu. «Temir xotin»da ham Şarof Boşbekov, ssenariyçi Mahmud Töyçiyevlar bilan birga Çust tumanida olganmiz kinoni, qiynalmaganmiz.

“Kino “ölgan”, lekin aktyorlarni öqitişda davom etyapmiz” — Murod Rajabov bilan katta intervyu

Farhod Bobojon, telejurnalist:

Foto: MTRK

– Murod Rajabov bilan 17 yoşdan döst edik. Otasi temiryölda işlardi, uylariga tez-tez borib turardim. Juda samimiy oila edi. U bitta öğil bölgani uçun erkaroq edi.