Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azodagi ocharchilikka Isroilning jazosiz qolayotgani sabab bo‘lmoqda – Turkiya TIV
Avvalroq BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhi G‘azoda 514 ming falastinlik ocharchilikdan aziyat chekayotgani, bu ko‘rsatkich sentabr oxiriga borib 641 ming kishiga yetishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Foto: AP
Turkiya tashqi ishlar vazirligi G‘azodagi ocharchilikka Isroilning shu paytgacha sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzayotgani jazolanmay qolayotgani sabab bo‘lganini bildirdi.
Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhi tomonidan G‘azodagi ocharchilik to‘g‘risidagi hisoboti «Netanyahu hukumatining genotsid siyosati va G‘azodagi falastinliklarga nisbatan munosabati keltirib chiqargan gumanitar falokat ko‘lami naqadar kengligini bildiradi».
«Shu paytgacha sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzayotgani jazolanmay qolayotgani Isroilni ruhlantirmoqda va telbaga aylantirmoqda», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhi G‘azoda 514 ming falastinlik ocharchilikdan aziyat chekayotgani, bu ko‘rsatkich sentabr oxiriga borib 641 ming kishiga yetishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:45
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
16:58 / 04.12.2025
G‘azo vayronalari orasida 54 juftlik uchun ommaviy to‘y o‘tkazildi – fotolar
17:36 / 01.12.2025