Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi
Xabar qilinishicha, Isroil harbiy lager, Yemen Petroleum Company (YPC) kompaniyasining yonilg‘i to‘ldirish stansiyasi hamda “Haziz” elektrostansiyasiga aviazarbalar bergan.
Foto: Videodan kadr
Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sano shahridagi energetika obektlariga qator zarbalar berdi. Bu haqda Al Masirah telekanali xabar qildi.
Telekanalning ma’lumot berishicha, Isroil Sanodagi prezident saroyi yaqinida joylashgan harbiy lager, Yemen Petroleum Company (YPC) kompaniyasining yonilg‘i to‘ldirish stansiyasi hamda “Haziz” elektrostansiyasiga aviazarbalar bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan.
O‘z navbatida, husiylar axborot xizmati rahbarining o‘rinbosari Nasruddin Amir Isroil hujumining katta qismi qaytarilganini bildirdi.
Mavzuga oid
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
17:48 / 09.12.2025
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
07:35 / 06.12.2025