Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin va Bryussel: Ukraina erkin Yevropa uchun kurashmoqda
Germaniya Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deya ishontirdi Germaniya kansleri Fridrix Mers ukrainaliklarni Mustaqillik kuni bilan tabriklar ekan.
Foto: Sean Kilpatrick/The Canadian Press/dpa/picture alliance
Germaniya to‘rt yildan beri o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan 24 avgust, yakshanba kuni X mikroblogida e’lon qilingan xabarida keltirilgan.
«Ukrainaliklar katta jasorat bilan Rossiya hujumlaridan o‘zlarini himoya qilmoqda. Ular bizning Yevropadagi erkin tartibimiz va adolatli dunyo uchun kurashmoqda», deb yozadi Germaniya hukumati rahbari. – Mustaqillik bayramida – bugun ham, ertaga ham ularning yonida turamiz».
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham ukrainaliklarga yo‘llagan tabrigida shunday fikr bildirdi. «Erkin, demokratik va mustaqil Ukraina. Biz shu uchun kurashyapmiz. Bizning barcha sa’y-harakatlarimiz shunga qaratilgan. Biz qancha vaqt kerak bo‘lsa, siz tomonda qolamiz. Axir, erkin Ukraina erkin Yevropa deganidir», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
13:21 / 23.12.2025
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
11:03 / 23.12.2025
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
20:13 / 22.12.2025