Jahon | 14:57 / 25.08.2025
3854
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Kim Chen In ishtirokida yangi raketalarni sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat harbiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ikki yangi turdagi zenit-raketalarni sinovdan o‘tkazish uchun shaxsan keldi, deb xabar bermoqda KMTA davlat axborot agentligi.

Foto: KCNA/Korea News Service/AP Photo/picture alliance

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In KXDRda yangi havo hujumidan mudofaa raketalarining sinovdan o‘tkazilishini shaxsan o‘zi nazorat qildi, deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 24 avgust, yakshanba kuni. Manbaga ko‘ra, mamlakat hukmdori bir kun avval sinovlarda ishtirok etgan. Shuningdek, ular yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarining jangovar xususiyatlarini baholagan bir qancha yuqori martabali harbiy amaldorlar ishtirokida o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Pxenyan zenit raketalarining yangi sinovlari Shimoliy Koreyaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash istagini namoyish etish, shuningdek, AQSh va Janubiy Koreyaga havo hududini himoya qilishga tayyorligi haqida signal yuborish uchun mo‘ljallangan edi.

«Sinovlar davomida ikki turdagi snaryadlarning texnologik xarakteristikalari turli havo nishonlarini urish uchun juda mos ekanligi alohida qayd etildi», — deya ma’lum qildi KMTA. Davlat agentligi hisobotida raketalar turlari va sinovlar o‘tkazilgan joy haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.

AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida 18 avgustdan buyon o‘tkazib kelinayotgan yillik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar hamda ushbu davlatlar prezidentlarining bo‘lajak sammiti fonida so‘nggi kunlarda Koreya yarimorolida keskinlik kuchaygan.

Mavzuga oid