O‘zbekiston | 13:11 / 25.08.2025
8116
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nechta oila borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda nechta oila borligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 10 million 244 ming 241 ta oilalar mavjud. 

Hududlar kesimida oilalar soni quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati — 1 177 396 ta;
  • Samarqand viloyati — 1 082 846 ta;
  • Toshkent shahri — 1 011 537 ta;
  • Andijon viloyati — 946 450 ta;
  • Toshkent viloyati — 913 510 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 911 917 ta;
  • Namangan viloyati — 834 796 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 740 005 ta;
  • Buxoro viloyati — 615 418 ta;
  • Xorazm viloyati — 580 823 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 499 417 ta;
  • Jizzax viloyati — 370 967 ta;
  • Navoiy viloyati — 307 744 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 251 415 ta.

1 iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich, 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Shundan:

  • ayollar soni — 18,8 mln kishi;
  • erkaklar soni — 19,1 mln kishi;
  • shahar joylarda — 19,3 mln kishi;
  • qishloq joylarda — 18,6 mln kishi.

Mavzuga oid