Jahon | 11:26 / 25.08.2025
2237
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX Starship kemasi prototipining 10-parvozini bekor qildi

Starship kosmik kemasi prototipining uchirilishi texnik muammolar tufayli bekor qilindi, deb xabar berdi SpaceX. Avvalgi to‘qqizta sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugagandi.

Foto: Steve Nesius/REUTERS

Amerikaning SpaceX kompaniyasi 24 avgust, yakshanba kuni Starship kosmik kemasi prototipi bilan raketa tashuvchining o‘ninchi parvozini bekor qildi. Bekor qilish sababi yerusti tizimlaridagi texnik nosozliklardir, deb xabar berdi kompaniya.

«Starship'ning bugungi o‘ninchi parvozi yerusti tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish uchun vaqt ajratish maqsadida bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Starship'ning uchirilishi 24 avgust kuni Texasdagi Starbase kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da amalga oshirilishi kerak edi. Yangi parvoz sanasi hali e’lon qilinmagan.

Starship'ning balandligi 123 metr. Bu hozirda eng katta va eng kuchli kosmik raketa, deya qayd etadi AFP. SpaceX kompaniyasi Starship'ni qayta ishlatiladigan raketaga aylantirishni maqsad qilgan, bu esa kosmik parvozlar narxini sezilarli darajada kamaytiradi. SpaceX bosh direktori Ilon Mask Starship 2026 yilda Marsga safar qila olishini kutmoqda.

Avvalgi to‘qqizta Starship sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, ulardan to‘rttasi raketa portlashi bilan tugagan.

Mavzuga oid