Amerikaning SpaceX kompaniyasi 24 avgust, yakşanba kuni Starship kosmik kemasi prototipi bilan raketa taşuvçining öninçi parvozini bekor qildi. Bekor qiliş sababi yerusti tizimlaridagi texnik nosozliklardir, deb xabar berdi kompaniya.

«Starşip'ning bugungi öninçi parvozi yerusti tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etiş uçun vaqt ajratiş maqsadida bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Starşip'ning uçirilişi 24 avgust kuni Texasdagi Starbase kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da amalga oşirilişi kerak edi. Yangi parvoz sanasi hali e’lon qilinmagan.

Starşip'ning balandligi 123 metr. Bu hozirda eng katta va eng kuçli kosmik raketa, deya qayd etadi AFP. SpaceX kompaniyasi Starşip'ni qayta işlatiladigan raketaga aylantirişni maqsad qilgan, bu esa kosmik parvozlar narxini sezilarli darajada kamaytiradi. SpaceX boş direktori Ilon Mask Starship 2026 yilda Marsga safar qila olişini kutmoqda.

Avvalgi töqqizta Starship sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, ulardan törttasi raketa portlaşi bilan tugagan.