Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramplar oilasi kripto biznesiga tobora chuqurroq kirib bormoqda
AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Tramp Yaponiyaga borib, 2,1 mlrd dollarlik kriptoaktivlar to‘plagan kompaniya – Metaplanet aksiyadorlari yig‘ilishida qatnashmoqchi, deya xabar tarqatdi Bloomberg. Avvalroq Tramplar oilasi qo‘llab-quvvatlaydigan kripto kompaniyalardan biri Osiyoda yangi aktivlar sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Erik Tramp / Foto: REUTERS / Eduardo Munoz / File Photo
Tramplar oilasi kriptovalutalar bozoriga chuqurroq kirib borishda davom etmoqda. Xususan, AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Tramp 1 sentabr kuni Tokioda o‘tkaziladigan Metaplanet aksiyadorlari yig‘ilishida bevosita qatnashishi kutilmoqda, deya xabar beradi Bloomberg.
Metaplanet – dastlab mehmonxona operatori bo‘lgan, lekin o‘tgan yildan boshlab faoliyatini Bitcoin jamg‘arishga yo‘naltirgan. Kompaniya shu vaqtga qadar 2,1 milliard dollardan ortiq kriptovaluta to‘plagan. Mart oyida esa Erik Trampni strategik maslahatchi sifatida tayinlagan.
Bloomberg xabaridan keyin Metaplanet aksiyalari Tokio birjasida 2,1 foizgacha ko‘tarildi. Kompaniya qimmatli qog‘ozlari so‘nggi 12 oyda 800 foizga oshgan bo‘lsa-da, iyunda eng yuqori darajadan ikki barobardan ko‘proqqa tushib ketgandi. Aksiyadorlar yig‘ilishida yangi kapital jalb qilish yo‘llari muhokama qilinadi.
Erik Tramp avgust oxirida Honkongda bo‘lib o‘tadigan Bitcoin Asia konferensiyasida ham ishtirok etadi.
Avvalroq Las-Vegasda joylashgan, uncha nomi chiqmagan bir kompaniya Tramplar oilasiga tegishli World Liberty Financial tokenlariga 1,5 mlrd dollar tikishini e’lon qilgandi. Shuningdek, Truth Social ijtimoiy tarmog‘ining egasi – Trump Media & Technology Group korporatsiyasi Bitcoin sotib olish uchun yil boshida 2 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgandi.
Financial Times'ga ko‘ra, Tramplar oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan American Bitcoin kompaniyasi Osiyoda yangi aktivlar sotib olish imkoniyatlarini ham o‘rganmoqda. Kompaniya Yaponiyada yoki Honkongda ro‘yxatdan o‘tgan biror kompaniyani xarid qilish ehtimoli ham mavjud.
Yaponiyada kripto bozoriga qiziqish ortib boryapti. Avgust oyida mamlakat moliya regulyatori iyena asosidagi ilk stablecoin chiqarilishiga ruxsat berdi. 25–26 avgust kunlari Tokioda o‘tkaziladigan WebX2025 raqamli aktivlar forumida moliya vaziri Katsunobu Kato ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025
Tramp 5 soatda ijtimoiy tarmoqda 160 dan ortiq post joyladi
08:12 / 30.11.2025