Jamiyat | 12:51 / 25.08.2025
1731
1 daqiqa o‘qiladi

Uralda mushkul ahvolga qolgan olti nafar fuqaro qaytarildi

Mamlakat Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida Ural federal okrugida qiyin ahvolga tushib qolgan hamyurtlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Foto: "Dunyo" AA

Jumladan, 12 nafar hamyurtning murojaati asosida zarur hujjatlar rasmiylashtirdi va ulardan 6 nafariga oilasi bag‘riga qaytishi uchun "Yekaterinburg-Toshkent" yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi.

Vatandoshlar 23 avgust kuni Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘yildi.

Ushbu loyiha joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustiga qadar O‘zbekistonda e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida amalga oshirildi.

https://dunyo.info/uzk/sootechestvenniki--/okazana-pomosch-sootechestvennikam-popavshim-v-slozhnuyu-situaciyu-v-uralskom-federalnom-okruge-rossii

Mavzuga oid