Jamiyat | 18:13 / 28.08.2025
31212
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda ota farzandlariga zo‘ravonlik qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir yoshdagi qizi va o‘g‘lini kaltaklagan ota videosi tarqaldi. Bolalar ombudsmani va boshqa mutasaddi idoralar holatni tekshirmoqda.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida yashovchi bir erkak ikki farzandini kaltaklayotgan videoyozuv tarqaldi. Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan birgalikda tekshiruv o‘tkazmoqda.

Ombudsman axborotiga ko‘ra, oilaviy nizo oqibatida ota 2 nafar farzandiga: 14 yoshli qizi va 12 yoshli o‘g‘liga jismoniy zo‘ravonlik qilgan.

Holat yuzasidan erkakka nisbatan qiynash moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bolalar xavfsiz muhitga joylashtirilib, ularga psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mutasaddi idoralar holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid