Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“1,5 mln so‘mgacha ketyapti” - maktab bozoridan so‘rovnoma
O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Bozor esa xaridorlar bilan gavjum. Boisi ko‘pchilik farzandini maktabga tayyorlash bilan ovora. Xo‘sh, ota-onalar farzandining maktab formasi, o‘quv qurollariga qancha mablag‘ sarflayapti? Kun.uz muxbiri Toshkent shahrida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.
Respondentlarga ko‘ra, kiyim-kechak va o‘quv qurollari uchun bir nafar bolaga o‘rtacha 1 mln 200 ming so‘m ketmoqda.
“Ikki nafar farzandimga 2 million olib keldim. O‘tgan yili 1,2 mln so‘m ketgandi. Endi bularning oldingi yilgi kiyimlari borligini hisobga olib, ba’zilarini (kiyim) sotib olmayapman. Narx-navolar o‘tgan yilgidan qimmatroq baribir. Farzandlarimga, o‘zimning talabimdan kelib chiqib, Turkiya va Xitoy mahsulotlarini olib beraman”, – deydi suhbatdosh.
Ayrim ota-onalar bir nafar farzandining kiyimiga 1,5 mln so‘mgacha pul sarflaganini, o‘quv qurollariga qo‘shimcha mablag‘ talab etilishini bildirdi.
“Ikki nafar bolaga 3 million so‘m ketdi. O‘quv qurollari alohida olinyapti. Bunga 1,5 mln so‘m ajratdim. Narx o‘tgan yilga nisbatan sal qimmatlagan”, – deydi respondentlardan biri.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
12:24 / 19.11.2025
Farg‘ona va Toshkent shahri xususiy maktablar soni bo‘yicha peshqadam
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025