Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini boshqarishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning International Hospitals Group kompaniyasi bosh direktori Chester King bilan onlayn shaklda muzokara o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Britaniya kompaniyasining klinika qurish rejalari, shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish masalalari muhokama qilindi.
International Hospitals Group kompaniyasi tibbiyot muassasalarini loyihalashtiradi, quradi, jihozlaydi va boshqaradi. Kompaniyaga 1972 yilda asos solingan. International Hospitals Group dunyoning 55 mamlakatida bor.
Mavzuga oid
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
18:06 / 25.11.2025
O‘zbekistonlik elektriklar Britaniyaga ishga taklif qilinyapti. Oylik maosh 4400 dollar
14:40 / 10.11.2025
Tibbiyot markazlari shaxsiy mulk emas: rahbarlarga bir yillik «katta reja» talabi qo‘yildi
10:01 / 07.11.2025