Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand - Krakov yo‘nalishida aviaqatnovlar ochiladi
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha sport va turizm vazirligi davlat kotibi Pyotr Boris bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida turizm va sport sohasidagi O‘zbekiston-Polsha hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Suhbatdosh turizm Polsha iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Ayni paytda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qariyb 5 foizni tashkil etsa, Polsha tomoni 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 10 foizga yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan.
Pyotr Boris, shuningdek, 2025 yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8 mingdan ortiq polyak sayyohlari borganini bildirdi va bu raqamlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar borligini qayd etdi.
Tomonlar ikki mamlakatda sayyohlik ko‘rgazmalari, reklama va madaniy tadbirlarni o‘tkazish orqali o‘zaro turizmni targ‘ib qilish, turizm va sport sohalarida idoralararo maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Polsha voleybol federatsiyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Polsha milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, shuningdek, Samarqand–Krakov yo‘nalishida aviaqatnovlarni ochish kabi takliflar muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
10:50 / 12.06.2026