Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalar 4,2 trln so‘m sof foyda oldi
O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi 20 632 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2024 yilda 4,2 trln so‘m sof foyda olgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar rahbarligidagi bitta tadbirkorlik sub’yektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori o‘rtacha 202,6 mln so‘mni tashkil etgan.
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, shu turdagi kichik korxona va firmalardan 17 239 tasi xizmatlar sohasida, 17 161 tasi savdo sohasida va 5 464 tasi sanoat sohasida faoliyat yuritmoqda.
Ayol rahbarlar boshqaradigan kichik korxona va firmalarning eng katta qismi, ya’ni 12 814 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Undan keyingi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati va Samarqand turibdi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025