Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukrainaga qo‘shin jo‘natish fikridan voz kechdi
AQSh Ukrainada harbiy kontingent joylashtirmasligini bildirganidan so‘ng Germaniya hukumati Ukrainaga nemis qo‘shinlarini jo‘natish masalasini ko‘rib chiqishni to‘xtatgan.
Foto: AP
Endilikda Germaniya hukumati xavfsizlik kafolati sifatida Ukrainaga qo‘shin jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmayapti, deb xabar berdi Bild o‘z manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugagan taqdirda, Germaniya o‘zini Kiyevni moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi rolida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, bu yerda gap harbiy xizmatchilarni tayyorlash, Ukraina qurolsozlik sanoatini rivojlantirish haqida bormoqda.
Bild xabariga ko‘ra, AQSh Ukrainada harbiy kontingent joylashtirmasligini bildirganidan so‘ng Germaniya hukumati Ukrainaga nemis qo‘shinlarini jo‘natish masalasini ko‘rib chiqishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
13:21
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
12:57
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
11:03
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
20:13 / 22.12.2025