Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fitso yaqin orada Putin, Zelenskiy va Si bilan uchrashishni rejalashtirmoqda
Slovakiya bosh vaziri Rossiya Federatsiyasi prezidenti bilan Pekinda, Ikkinchi jahon urushi tugaganiga bag‘ishlangan marosimlar davomida uchrashmoqchi, deb ma’lum qildi Robert Fitsoning o‘zi.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso keyingi to‘rt kun ichida Xitoy rahbari Si Jinping, shuningdek, Rossiya va Ukraina prezidentlari – Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish niyatida. Fitsoning o‘zi bu rejalar haqida 1 sentabr, dushanba kuni Facebookʼda e’lon qilingan videoda gapirib berdi.
Qayd etilishicha, Fitso Putin bilan 2 sentabr kuni kechqurun Pekinda uchrashmoqchi, u yerga Slovakiya bosh vaziri Xitoyda «Ikkinchi jahon urushi davrida militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba»ning 80 yilligini nishonlash tadbirlarida ishtirok etish uchun borgan.
Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv, Robert Fitsoning bayonotiga ko‘ra, 5 sentabr kuni Slovakiya sharqida bo‘lib o‘tadi. Si Jinping 4 sentabr kuni Slovakiya hukumati rahbarini qabul qiladi. Bir kun avval Pekinda bayramona harbiy parad bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
21:23 / 21.06.2026
Ukraina zarbalaridan keyin Sevastopol elektrsiz qoldi
16:09 / 21.06.2026