Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil AQSh Kongressi ustidan «to‘liq nazoratni» yo‘qotdi – Tramp
Isroilning dunyodagi qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotishining sabablaridan biri G‘azo sektoridagi urush deb ataldi.
Foto: Getty images
Isroil AQSh respublikachilari orasida obro‘sini yo‘qotmoqda va Kongressga avvalgidek ta’sir ko‘rsatmayapti, dedi prezident Donald Tramp konservativ Daily Caller nashriga bergan intervyusida.
«15 yillar avvalga holatga nazar tashlasangiz... Isroil Kongressda men ko‘rgan barcha kompaniyalar, korporatsiyalar yoki davlatlar orasida eng kuchli lobbiga ega edi. Isroil lobbisi eng kuchlisi edi. Bugun uning bunday kuchli lobbisi yo‘q. Bu hayratlanarli. <...> Ular Kongress ustidan to‘liq nazoratga ega edi, endi esa yo‘q, bilasizmi, men bundan biroz hayronman», dedi Oq uy rahbari.
Tramp Isroilning dunyodagi qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotishining sabablaridan birini G‘azo sektoridagi urush deb atadi.
«Urush Isroilga zarar yetkazmoqda. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Ehtimol, ular urushda g‘alaba qozonayotgandir, lekin ular jamoatchilik bilan aloqalar dunyosida g‘alaba qozonmayapti, tushunasizmi va bu ularga zarar keltirmoqda», dedi prezident.
Tramp HAMAS Isroilga hujum qilgan 7 oktyabrni «haqiqatan ham dahshatli kun» deb atadi va ba’zi odamlar hali ham xolokostni rad etayotganini eslatdi.
AQSh - Isroilning eng muhim ittifoqchisi. Iyun oyida amerikaliklar Isroilning Eronga hujumini qo‘llab-quvvatladi. AQSh armiyasi Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq bir qancha obektlarga zarba berdi. Mart oyida Pew tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 53 foizi Isroilga salbiy munosabatda - bu 2022 yilga nisbatan 11 foizga ko‘p, deb eslatdi Daily Caller. 50 yoshgacha bo‘lgan respublikachilarning 50 foizi Isroilga salbiy munosabatda ekanini aytgan (uch yil oldin 35 foiz edi).
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025