Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Parubiyning qotilligida gumonlanuvchi aybini tan oldi
Oliy rada sobiq spikerining o‘ldirilishida ayblanib qo‘lga olingan erkak jinoyatni o‘lgan o‘g‘lining jasadini qaytarish uchun rossiyaliklar iltimosiga ko‘ra sodir etganini aytdi, deb xabar bermoqda OAV manbalarga tayanib.
Foto: Roman Baluk/REUTERS
Oliy radaning sobiq spikeri Andrey Parubiyni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs aybini tan oldi va Rossiya vakillari bilan aloqalari haqida gapirdi. Bu haqda 1 sentabr, dushanba kuni OAV Ukraina huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Dastlabki so‘roqlarda qo‘lga olingan 52 yoshli lvivlik fuqaro Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi bo‘lgan o‘g‘li 2023 yilda Baxmut yo‘nalishida bedarak yo‘qolganini aytdi. Erkak o‘g‘lining taqdiri haqida ma’lumot topish uchun Rossiya ijtimoiy tarmoqlarini o‘rganishni boshlagan va oxir-oqibat Rossiyaning ba’zi vakillari bilan bog‘langan, ular o‘g‘lining vafot etgani haqida xabar bergan.
Ukraina "5 kanal"ining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya maxsus xizmatlari «gumonlanuvchini Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi bo‘lgan o‘g‘lining jasadi joylashgan joy haqidagi ma’lumot bilan shantaj qilgan». Lvivdagi «Vysokiy zamok» nashri manbalariga ko‘ra, «rossiyaliklar otaning fojiasidan foydalanib, ukrainalik har qanday taniqli siyosatchining o‘ldirilishi evaziga o‘g‘lining jasadini berishini aytgan».
Mavzuga oid
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21 / 05.12.2025