Jahon | 13:00 / 03.09.2025
3293
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya YeK rahbarining samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqeani tekshirmaydi

Bolgariya bosh vaziri Rosen Jyelyazkov Ursula fon der Lyayyenning samolyoti Bolgariyaga qo‘nganida qayd etilgan GPS ishidagi nosozliklar odatiy hol emas va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining «oqibatlaridan biri» ekanligini aytdi.

Foto: Antti Aimo-Koivisto / IMAGO / Global Look Press

Bolgariya hukumati Bolgariyaning Plovdiv aeroportida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning samolyoti qo‘nganida sodir bo‘lgan GPS nosozlik sabablarini tekshirishdan bosh tortdi. Bolgariya bosh vaziri Rosen Jyelyazkov 2 sentabr, seshanba kuni bunday uzilishlar «gibrid tahdidlar yoki kibertahdidlar» deb tasniflanmaganini ta’kidlab, «tekshiruv boshlash uchun hech qanday asos yo‘q», dedi.

Jyelyazkovning AFP agentligi keltirgan so‘zlariga ko‘ra, fon der Lyayyen samolyotiga ta’sir qilganidek, GPS ishidagi uzilishlar odatiy hol emas. «Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri biz elektron urush deb ataladigan narsaning guvohi bo‘ldik», dedi Bolgariya bosh vaziri. Uning ta’kidlashicha, GPS ishidagi uzilishlar «odatiy narsa emas» va bu shunday harbiy mojarolarning «oqibatlaridan biri». «Bu uzilishlar aniq bir samolyotga qaratilgan emas», deb ta’kidladi Jyelyazkov.

Bir kun avval, 31 avgustda Ursula fon der Lyayyenning samolyoti Bolgariyada GPS signali uzilishi sababli muammoga duch kelgani, bunga Rossiya sabab bo‘lganlikda gumon qilingani ma’lum bo‘lgan edi. Financial Times nashrining yozishicha, bu Varshavadan uchayotgan samolyot uchuvchilarini Plovdivga qo‘nayotganda qog‘oz xaritalardan foydalanishga majbur qilgan.

Mavzuga oid