Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Etihad Airways'ning sof foydasi 32 foizga o‘sdi
Yil boshidan beri 27 ta yangi yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ygan aviatashuvchi birinchi yarim yillikda 10 milliondan ortiq yo‘lovchi tashidi va o‘z tarixida ilk bor 305 mln dollar sof foyda oldi.
Abu-Dabida asoslangan Etihad Airways aviakompaniyasi 2025 yilning birinchi yarmini o‘z tarixidagi eng katta foyda bilan yakunladi.
Reuters xabariga ko‘ra, kompaniyaning 6 oylik sof foydasi 1,12 milliard dirham (304,96 mln dollar)ni tashkil etgan. Bu – o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga ko‘p.
Hisobot davrida Etihad'ning yo‘lovchi tashuvlari 17 foizga oshib, 10,2 mln nafarga yetgan.
Boshqaruv kengashi raisi Muhammad Ali Al-Shorafa bunday yuqori ko‘rsatkichlarni xalqaro kengayish bilan izohladi: kompaniya yanvardan buyon 27 ta yangi yo‘nalishda parvozlarni qo‘lga qo‘ygan va so‘nggi 18 oy ichida samolyotlari soni 20 taga ko‘paygan.
Reuters'ning yozishicha, Etihad birja orqali aksiyalarini dastlabki ommaviy joylashtirishga (IPO) tayyor, ammo yaqin orada bunday rejalar yo‘q. Aviatashuvchi keyingi 10 yil ichida 20 mlrd dollarlik kengayish strategiyasini o‘zi mustaqil ravishda moliyalashtirishni rejalagan.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi so‘nggi harbiy harakatlar, xususan iyun oyida Isroil va Eron o‘rtasida yuz bergan 12 kunlik urush mintaqadagi ko‘plab aviakompaniyalar daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
23:17 / 07.06.2026