Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jair Bolsonaru ustidan sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi
Braziliyaning 70 yoshli sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda. Sudyalar uning ishi bo‘yicha hukmni 12 sentabrdan kechiktirmay e’lon qilishi kutilmoqda.
Foto: Mateus Bonomi/Anadolu/picture alliance
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru ustidan sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi. 2 sentabr, seshanba kuni mamlakat Oliy sudining besh a’zodan iborat hay’ati 12 sentabrdan kechiktirmay e’lon qilinishi kutilayotgan hukmni muhokama qila boshladi. 70 yoshli Bolsonaro 2022 yilgi saylovda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng davlat rahbari sifatida o‘z vorisi Luis Inasio Lula da Silvani ag‘darishga uringanlikda ayblanmoqda. Sobiq prezidentni 40 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda, deb xabar beradi epd.
Bolsonaru tarafdorlari 2023 yil 8 yanvarda, Lula da Silva lavozimga kirishganidan ko‘p o‘tmay, Kongress, Oliy sud va Braziliyadagi prezident saroyiga bostirib kirdi. Prokuratura Jair Bolsonaruning «Yashil va sariq xanjarlar» nomli davlat to‘ntarishi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etganini da’vo qilmoqda. Ushbu rejalarga ko‘ra, Lula zaharlanishi, vitse-prezident Jyerald Alkmin va bosh sudya Aleksandr de Morayes o‘ldirilishi kerak edi. Bolsonaru barcha ayblovlarni rad etdi va rejalashtirilgan to‘ntarish haqida hech narsa bilmasligini da’vo qildi.
19 iyul kuni Bolsonaruga elektron bilaguzuk taqilib, tunda uyda qolish buyurildi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi. Avgust oyi boshida sobiq prezident internet orqali tarafdorlari bilan gaplashgani uchun Braziliyada uy qamog‘iga olingan edi.
Mavzuga oid
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
19:41 / 22.11.2025
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
14:58 / 19.11.2025
Fuqarolik va iqtisodiy nizolarni ko‘rish tartibi soddalashtiriladi
17:33 / 18.11.2025