Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru ustidan sud jarayoni yakuniy bosqiçga kirdi. 2 sentabr, seşanba kuni mamlakat Oliy sudining beş a’zodan iborat hay’ati 12 sentabrdan keçiktirmay e’lon qilinişi kutilayotgan hukmni muhokama qila boşladi. 70 yoşli Bolsonaro 2022 yilgi saylovda mağlub bölganidan söng davlat rahbari sifatida öz vorisi Luis Inasio Lula da Silvani ağdarişga uringanlikda ayblanmoqda. Sobiq prezidentni 40 yilgaça qamoq jazosi kutmoqda, deb xabar beradi epd.
Bolsonaru tarafdorlari 2023 yil 8 yanvarda, Lula da Silva lavozimga kirişganidan köp ötmay, Kongress, Oliy sud va Braziliyadagi prezident saroyiga bostirib kirdi. Prokuratura Jair Bolsonaruning «Yaşil va sariq xanjarlar» nomli davlat töntarişi rejalarini işlab çiqişda iştirok etganini da’vo qilmoqda. Uşbu rejalarga köra, Lula zaharlanişi, vitse-prezident Jyerald Alkmin va boş sudya Aleksandr de Morayes öldirilişi kerak edi. Bolsonaru barça ayblovlarni rad etdi va rejalaştirilgan töntariş haqida heç narsa bilmasligini da’vo qildi.
19 iyul kuni Bolsonaruga elektron bilaguzuk taqilib, tunda uyda qoliş buyurildi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlandi. Avgust oyi boşida sobiq prezident internet orqali tarafdorlari bilan gaplaşgani uçun Braziliyada uy qamoğiga olingan edi.












