Jamiyat | 15:35 / 03.09.2025
3618
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Qozog‘istonning Olmaota shahrida odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro S.D. vatanga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA

Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, S.D. Qozog‘iston hududida og‘ir sharoitda qolgan va odam savdosidan aziyat chekkani uchun O‘zbekistonga qaytarishida yordam so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston diplomatlari va Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jabrlanuvchi nopok kimsalar qo‘lidan ozod qilindi va vaqtincha boshpana bilan ta’minlandi.

S.D. 30 iyuldan 30 avgustgacha o‘tkazilgan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik tadbirlari doirasida Olmaota–Toshkent yo‘nalishidagi aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Mavzuga oid